Xonanda Yulduz Usmonova shoir Yo‘lchi Ro‘ziyevga sudda yutqazdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 29 oktyabr kuni Yo‘lchi Ro‘ziyevning Yulduz Usmonovaga qarshi ochgan da’vosi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.

Qayd etish kerakki, da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyev joriy yilning 20 sentyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga javobgar Yulduz Usmonovaga nisbatan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Mazkur da’vo ariza bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, sud majlisi 2021 yil 13 oktyabrga tayinlangan. 13 oktyabr kuni sud majlisiga da’vogar kelgan, javobgar kelmaganligi sababli 2021 yil 22 oktyabrga qoldirilgan.

2021 yil 22 oktyabr kuni sud majlisiga taraflar va uchinchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakili kelgan, sud majlisida ko‘rsatmalar olingan. Javobgar vakili ularga nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muddat berishni so‘ragani va da’vogar tomoni norozi bo‘lmagani sababli sud majlisi 2021 yil 29 oktyabrga qoldirilgan.

29 oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Usmonova Yo'lchi Ro'ziev

Baholaganlar

2001

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing