Shodmonov korrupsiya bilan bog‘liq holatlarda o‘zini aybladi

Jamiyat

SSV Prezidentning 14ta topshirig‘ini umuman bajarmagan (video) north_east

SSV Prezidentning 14ta topshirig‘ini umuman bajarmagan (video)

25 dekabr kuni Bosh prokuraturada Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuror korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga qarshi kurashda vazirlik yetarli darajada ishlamaganini qayd etdi. 

“Yuqoridagi salbiy holatlarda xodimlar, rahbariyat, mening boshchiligimda bizning, shaxsning aybi katta ahamiyatga ega”, deya o‘z tushuntirishlarini berib o‘tdi Sog‘liqni saqlash vaziri.

Unda Bosh prokuror komissiyaning xulosasini o‘qib eshittirdi. Yo‘ldoshev tomonidan tizimdagi aksar rahbarlar korrupsiyadan qutila olmayotgani qattiq tanqid qilindi. Psixotrop moddalarning noqonuniy oldi-sotdisi ustida ayrim shifokorlarning o‘zi turgani ta’kidlandi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan hamshira yoki sanitariya xodimi o‘rni 100 dollardan 1 000 dollargacha sotilayotgani aytildi. Sog‘liqni saqlash tizimida urug‘-aymoqchilik urchigani qaye etildi.

Yuqoridagi holatlarga izoh olish maqsadida, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov minbarga taklif etildi. U tizimda korrupsiyaga qarshi kurash Prezident talabi darajasida olib borilmayotgani, xalq kutayotgan natijaga erishilolmayotganini tushuntirdi. Sog‘liqni saqlash tizimida o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun 180dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganini aytdi. Strukturaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun vazirlikda 6ta yangi boshqarma va vazirlik qoshida 3ta agentlik tuzilganini bildirdi.

Bunga javoban Bosh prokuror Sog‘liqni saqlash vaziri xodimlari uning buyrug‘ini bajarmayotgan vaqtda, qabul qilingan 180ta hujjatni qanday bajarishi mumkinligini so‘radi. Nima uchun Prezidentning 2019 yil 27 maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijro qilinmaganligi sabablari so‘raldi. Yo‘ldoshev Shodmonovga allaqachon vazirlikdagi barcha normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligi huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilishi lozimligini eslatdi.

Vazir yuqorida sanagan vazirlikdagi strukturaviy va boshqa o‘zgarishlar Prezident va Prezident Administratsiyasi talablari bilan bo‘layotganini tushuntirdi. Bunga javoban Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiya bilan bog‘liq holatlarda o‘zini va vazirlik rahbariyatining aybi borligini tan oldi va bu xususida ishlar olib borilayotganini tushuntirdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida 13ta hududiy boshqarmalari, 180ta tuman tibbiyot birlashmalari, 136ta viloyat muassasalarining ham boshliqlari to‘liq almashtirildi va yangilariga vazirlikdagi islohotlar nuqtai nazaridan kelib chiqib vazifalar qo‘yilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Alisher Shodmonov

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing