Davlat xizmatchilari endi korrupsiyasiz yashay olmaydi – Tashiyev

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev O‘sh shahridagi Valentina Tereshkova nomidagi maktab-internat qurilishiga tashrif buyurar ekan, amaldorlar o‘rtasidagi korrupsiya holatlarini yana tanqid qildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Tashiyevga ko‘ra, Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari endi korrupsiyasiz yashay olmaydi. Shu bois u keskin choralar ko‘rmoqda va korrupsiya jinoyatlari uchun jazoni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi.

“Bundan buyon amaldorlar korrupsiya jinoyatlari uchun jarimadan qutulib qolmaydi. Ular qamoqda bo‘ladi”, degan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

Uning eslatishicha, avvalroq mamlakat Prezidenti Sadir Japarov hokimiyat oldiga eng muhim vazifalardan biri – xavfsizlikni saqlash va korrupsiyaga qarshi kurashni qo‘ygan edi.

“O‘tgan 32 yil ichida korrupsiya ana shunday ildiz otgan. U hozircha qoladi. Biz juda ko‘p muammolarni hal qildik, masalan, jinoyat bilan bog‘liq muammolarni. Ammo korrupsiya saqlanib qolmoqda. Biz uni yo‘q qilishimiz kerak. Shuning uchun unga qarshi kurash juda qattiq bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan Qamchibek Tashiyev.

Ma’lumot uchun, Maxsus xizmatlar rahbari Jogorku Kenesh yig‘ilishida birinchi o‘qishda deputatlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etgan edi. Qonun loyihasida korrupsiyada ayblanayotgan shaxsning turmush o‘rtog‘i yoki uning yaqin qarindoshlari og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan yoxud jinoiy ish reabilitatsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa, korrupsiya jinoyatlaridagi aybdor shaxslarga davlat va munitsipal lavozimlarni egallashni majburiy va umrbod taqiqlash nazarda tutilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev idora xodimlari va boshqa davlat xizmatchilarini farzandlari hamda qarindoshlarining topshiriqlarini bajarmaslikka chaqirgandi. Tashiyev Qizil-Qiya shahridagi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining yangi binosi ochilishida so‘zga chiqib, davlat xizmatchilaridan birortasi uning yaqinlari bilan aloqaga chiqsa, ularga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Qamchibek Tashiev O'sh shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing