Shohjahon Jo‘rayevga qarshi ochilgan ish sudga oshirildi
Madaniyat-san’at
−
18 iyul
20700Avvalroq xonanda Shohjahon Jo‘rayev sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Endilikda mazkur holat sudga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Shohjahon Jo‘rayev jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 1,5 mln so‘m jarimaga tortilgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, shu yilning 15 martida xonanda sobiq turmush o‘rtog‘iga Telegram orqali ovozli xabar yuborib, haqoratlagan holda uning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.
Bundan tashqari, Jo‘rayev o‘zining shu kabi harakatlarini davom ettirib, 2023 yil 12 dekabr kuni ham sobiq turmush o‘rtog‘i istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uy yoniga borib, uni haqorat qilgan.
“Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudyasiga kelib tushgan. Voqea Mirzo Ulug‘bekda bo‘lgani uchun sudya ishni Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga ko‘chirishni so‘ragan”, deydi Zokirjon Qo‘ziboyev.
LiveBarchasi