Shohjahon Ergashevning yangi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 28 mart kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etiladigan boks kechasida o‘tkazadi. Bu haqda Ergashevning promouteri “Salita Promotions” o‘z sahifasida ma’lum qildi.

O‘sha kuni Ergashevga panamalik Xuan Xuyertas raqiblik qiladi. Boks kechasi “Dazn” va “Salita Promotions” hamkorligida o‘tkaziladi.

Qayd etish joiz, Shohjahon Ergashev oxirgi jangini o‘tgan yili noyabr oyida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Ergashev faoliyati davomida profboksda 24 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 23 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 31 yoshli Xuyertas esa 22 marta jang o‘tkazib, 17 tasida g‘alaba qozongan va 4 jangda imkoniyatni boy bergan. Panama vakilining yana 1 ta jangida durang qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Xuan Xuertas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing