Shohjahon Ergashev promouteridan yengilroq jang so‘radi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev IBF'dan chempionlik jangiga qadar yana bitta yengilroq jang so‘radi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, super yengil vazn toifasida IBF kamari sohibi puyerto-rikolik Sabriyel Matias tashkilotdan himoya jangi oldidan bitta jang o‘tkazishni so‘ragan. Natijada u Rossiya va Qozog‘iston ikki fuqaroligida bo‘lgan Sergey Lipinets bilan jang qilishga kelishib olgan. 

Ma’lumot uchun, Lipinets ham mazkur vaznda IBF versiyasi bo‘yicha 2017-2018 yillarda chempionlik maqomida bo‘lgan.

“Matias himoyadan oldin IBF'dan bitta jang so‘ragan. Hozir u sobiq chempion Lipinets bilan jangga kelishib olgan. Shu bois men ham tashkilotdan chempionikka qadar bitta yengilroq jang so‘radim.  Oyog‘imdagi jarohat sabab jiddiy jangdan oldin bitta yengilroq bahsda qatnashib, tiklanib olishim kerak. Xudo xohlasa, 12 avgust kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomida ringga chiqaman”, deydi Ergashev.

Sportchining promouteri Dmitriy Salitaga ko‘ra, u allaqachon bu borada ish olib bormoqda va Ergashevning sport formasini tiklab olishi uchun bitta yengilroq jang ayni muddao bo‘ladi.

“Dema hozir 12 avgustdagi jang ustida ishlamoqda, men o‘sha boks oqshomida 100 foizlik ehtimol bilan ringga ko‘tarilaman. Bu jarohatim bitib, o‘zimni tiklab olishimga ham yordam beradi”, deydi Shohjahon Ergashev.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev IBF Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing