Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 2020 yilning boshida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. “BoxRec” ma’lumotlari shundan darak beryapti.

Ergashev kelasi yilning 10 yanvar kuni amerikalik Kit Xanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 12 raunddan iborat jang g‘olibi ayni vaqtda Mario Barrios (25-0, 16 KO) egalik qilayotgan WBA ning “oddiy” kamari WBA Regular chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Kit Xanter faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 10-jangida u o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjarbek Rahmonovga (12-2-1,6 KO) qarshi ringga chiqib, g‘olib bo‘lgandi. O‘shanda 2-raundda Sanjar Rahmonov nokdaun holatiga tushgani uchun hisob ochilgan, biroq ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hakamlarning yakuniy qarori bahsli bo‘lgan.

Shohjahon Ergashev bugungacha 17 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev boks

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing