Shohasan Mirzamatov raqibini “uxlatib qo‘ydi”
Sport
−
20 iyul
14734Kecha, 19 iyul kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov navbatdagi jangida qozog‘istonlik Mohir Mamedovga qarshi oktagonga chiqib, g‘alaba qozondi.
Olmaota shahrida o‘tkazilgan Octagon 60 turnirida Mirzamatov 2-raundning 3-daqiqasini yakunlayotgan paytda mezbon sportchining qorniga tizza bilan zarba berib, raqibini oktagonga qulatdi.
Shunday qilib, 33 yoshli Mirzamatov faoliyatidagi 13-g‘alabasini tantana qildi.
Ma’lumot uchun, Mirzamatov navbatdagi jangini yana bir qozog‘istonlik taniqli MMA ustasi Georgiy Kichiginga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda. Octagon 60 turnirida Mirzamatov va Kichigin shu yil oktyabr yoki noyabr oyida jang qilishga kelishib oldi.
LiveBarchasi