Shohasan Mirzamatov MMA'dagi 12-g‘alabasiga erishdi
Sport
−
20 aprel
5284Kecha, 19 aprel kuni o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Shohasan Mirzamatov Qozog‘istonning Olmaota shahrida MMA'dagi navbatdagi jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.
Octagon 57 turniri doirasida eronlik Farzod Gaderiga qarshi oktagonga chiqqan 33 yoshli Mirzamatov dastlab raqibidan zarbalar o‘tkazib, biroz muvozanatdan chiqqan bo‘lsa ham, yakunda ustunlikni o‘z tarafiga og‘dirdi va Gaderini texnik nokautga uchratdi.
Shuningdek, Mirzamatovdan tashqari turnirda o‘zbekistonliklardan Muhiddin Mamajanov, Amirxon Alixo‘jayev, Azizbek Temirov, Jamoliddin Rahmonjonov va Diyorbek Ro‘ziboyevlar oktagonga chiqib, raqibidan ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Shohasan Mirzamatov QALAMPIR.UZ'ga nega haliyam UFC'ga o‘tmayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi