Shirinliklarga bo‘lgan o‘chlik nasldan naslga o‘tadimi?

Salomatlik

image

Shirinliklarga bo‘lgan o‘chlik nasldan naslga o‘tadimi? Bu masalaga neyropsixolog Irina Xvingiya oydinlik kiritdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shirinliklarga haddan tashqari muhabbat ota-onadan o‘tmaydi va tabiatda "shirinlik geni" mavjud emas.

Xvingiya, shuningdek, odamlardan shirinliklarga bo‘lgan o‘chlikni irsiyat bilan oqlamasliklarini so‘radi.

Agarda ona homiladorlik paytida ko‘p miqdorda shakarni o‘z ichiga olgan yegulik iste’mol qilgan bo‘lsa, shirinliklarga bo‘lgan muhabbat bolaga o‘tishi mumkin.

Psixologning ma’lum qilishicha, odamlarda psixologik “langarlar” sababli yoshga qarab shirinliklarga ishtiyoq paydo bo‘ladi. Masalan, agar kishi xafagarchilikda yoki xursandchilikda o‘zini mukofotlash uchun shirinlik yeyishga odatlangan bo‘lsa, ana shu “langar tuzog‘i”ga tushib qolishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

shirinlik

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing