Janubiy Koreya va KXDR 14 oy deganda aloqalarni qayta tikladi

Olam

image

Janubiy Koreya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi 2020 yil 9 iyunda uzilgan aloqa liniyalari 14 oy ichida birinchi marotaba qayta tiklandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ikki korey davlatining rahbarlari yozishmalar o‘tkazdi. Unga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida 2020 yilda uzilgan aloqalar davlat rahbarlarining kelishuvidan so‘ng qayta tiklandi. 

Xabarga ko‘ra, ikki davlatning vakolatli organlari birinchi qo‘ng‘iroqni bugun, 27 iyul kuni 10:00 (Koreya vaqti bilan) da amalga oshirishgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning yozida Janubiy Koreyadagi faollar tomonidan Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga qarshi shimol hududiga targ‘ibot varaqalari va materiallari yuborilishi natijasida Koreyalararo munosabatlar yomonlashagandi. 

Usha paytda Shimoliy Koreya Janub bilan harbiy kanallar va ikki hukumat o‘rtasidagi aloqalarni butunlay uzgandi. 2020 yilning 16 iyunida esa Shimoliy Koreya Kaesong sanoat majmuasidagi muvofiqlashtirish idorasini portlatib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing