“Shimoliy oqim” quvurlaridan dengizga gaz sizib chiqdi. YeI “kattasi” hodisani tekshirishni talab qilyapti

Olam

image

“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlaridan gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq hodisa tekshirilishi kerak. Bu haqda kecha, 27 sentyabr kuni kechqurun Yevrokomissiya (YeK) rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

Lyayenning Twitter’da yozishicha, hodisani tergov qilish, sodir bo‘lgan voqealar va sabablarga to‘liq oydinlik kiritish juda muhim.

“Yevropaning faol energetika infratuzilmasini qasddan buzishga chidash mumkin emas va bu eng kuchli javobga olib keladi”, deya qo‘shimcha qildi YeK rahbari Daniya rasmiylari bilan vaziyatni muhokama qilganini ta’kidlab.

Joriy yilning 26 sentyabr kuni bir necha soat ichida “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” quvurida uchta gaz sizish nuqtasi aniqlandi. Ulardan birinchisi Daniyaning Bornxolm oroli yaqinidagi “Shimoliy oqim-2”da aniqlangan. Keyin “Shimoliy oqim”da ikkita sizish qayd etildi. Daniya energetika agentligi dengizga katta miqdorda gaz tushgani haqida xabar berdi. Samolyotlar va kemalarning hodisa sodir bo‘lgan joyga besh dengiz milidan yaqinroq kelishi taqiqlanadi.

Keyinroq shved seysmologlari dushanba kuni quvur yo‘nalishlarida ikkita portlash qayd etilganini aytgan.

Yevropada turli darajadagi siyosatchilar tomonidan gaz quvurlaridagi sizishlarni qasddan uyushtirilgan degan fikrlar bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy oqim

Baholaganlar

431

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing