BMT Xafsizlik Kengashida Rossiyaning taklifi rad etildi

Olam

image

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida “Shimoliy oqim” portlashini tekshirish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qila olmadi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 27 mart kuni Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida “Shimoliy oqim” gaz quvuridagi portlashlarni mustaqil tergov qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani taklif qilgan. 15 a’zodan iborat kengashda qaror loyihasini qabul qilish uchun kamida to‘qqizta ovoz kerak bo‘ladi. Biroq Rossiyaning rezolyutsiya loyihasiga o‘zidan tashqari, Xitoy va Braziliya ovoz bergan, xolos. Qolgan 12 kengash a’zosi esa betaraf bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Rossiya tabiiy gazini Boltiq dengizi orqali Germaniya shimoliga olib borgan “Shimoliy oqim” quvurlari 2022 yilning 26 sentyabr kuni bir qator portlashlar oqibatida yorilib, mintaqa davlatlari rasmiylari “ehtimoliy sabotaj” deb atagan ma’lumotlar sizib chiqishiga sabab bo‘lgan edi. Rossiya AQSHni quvurlarga jiddiy zarar yetkazgan portlashlarga bevosita aloqadorlikda ayblab keladi.

Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya ham ovoz berish jarayonidan oldin rezolyutsiya bo‘lib o‘tgan voqealarni keng qamrovli, oshkora va xolis tekshiruv o‘tkazish uchun xalqaro mustaqil komissiya tuzishni maqsad qilganini aytgan.

AQSH elchisi o‘rinbosari Robert Vud esa Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning ushbu qo‘poruvchilik harakati bo‘yicha bizga qo‘ygan asossiz ayblovlarini qat’iyan rad etishini bildirgan. Uning aytishicha, rezolyutsiya loyihasi haqiqatni izlashga emas, balki davom etayotgan milliy tergov ishlarini obro‘sizlantirishga urinish bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya BMT Shimoliy oqim BMT Xavfsizlik Kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing