“Rossiya aybdor emas”. Tramp Boltiqbo‘yidagi portlash haqida fikr bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Boltiq dengizi tubi bo‘ylab o‘tgan, Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” magistral gaz quvurlaridagi qo‘poruvchilikka Rossiyaning aloqasi yo‘qligini tan oldi. U bu haqda “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Tramp jurnalistning qo‘poruvchilik ortida kim turgani haqidagi savoliga javob berishdan bosh tortdi. Bunga sabab qilib esa, AQSHga muammo tug‘dirmoqchi emasligini aytib o‘tgan.

Shuningdek,  Tramp bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga qaramay, Putin bilan sodir bo‘lgan eng yomon voqea shu bo‘lganini ta’kidlagan.

Gap shundaki, joriy yilning 8 fevral kuni amerikalik jurnalist Seymur Xersh “Shimoliy oqim”dagi qo‘poruvchilik tashkilotchisi Qo‘shma Shtatlar deb gumonlanib, unga qarshi tergov e’lon qilingani xaqida xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika armiyasi g‘avvoslari NATOning 2022 yilgi Boltiq bo‘yi operatsiyasi mashg‘ulotlari davomida gaz quvurlari ostiga masofadan turib faollashtiriladigan portlovchi moslamalarni joylashtirgan.

Aytish joiz, Boltiq bo‘yi operatsiyasi (BALTOPS 22) mashqlarida NATOning o‘n beshta ittifoqchisi va Shvetsiyaning 45 dan ortiq kemasi, 75 dan ortiq samolyoti va 7500 nafar xarbiylari ishtirok etgan.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Shimoliy oqim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing