Shimoliy koreyalik nashriyotchilar 23 yillik an’anani buzdi

Olam

image

Shimoliy Koreyada “Garri Potter”ning birinchi kitobi nashr etiladigan bo‘ldi. Aslida, ushbu asar bundan 23 yil oldin adabiyot ixlosmandlariga taqdim etilgan edi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

KXDRning "Adabiy gazetasi"da Britaniya kitobining sharhi nashr qilindi. Unda bir paytlar mamlakatda senzura qilingan roman maqtovga sazovor deya ta’riflandi.

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, “Garri Potter” asarini koreys tiliga o‘girgan KXDRlik muallifning so‘zlariga ko‘ra, bu asar orqali "bolalar o‘z kuchlari va qobiliyatlari bilan o‘z yo‘llarini boshlashadi”..

Ma’lumot o‘rnida, Shimoliy Koreyada chorak asrdan buyon zamonaviy mafkuraga asoslangan G‘arb adabiyoti namunali chop etilmay keladi. Buni KXDR rasmiylari “o‘ta xavfli g‘oyaning eng oson singuvchi usuli”, deb bilishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing