Shimoliy Koreyada ayollar mitingga chiqdi
Olam
−
10 iyun 2020
18422Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda KXDR ayollar sotsialistik ittifoqi vakillari mitingga chiqishdi. Ular Janubiy Koreyani targ‘ibot varaqalari tarqatishda ayblashdi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni KXDR markaziy gazetasi "Nodon sinmun" xabar berdi.
"9 iyun kuni Koreya ayollar sotsialistik ittifoqi a’zolari tomonidan Janubiy Koreya rasmiylari va KXDR qochqinlarining harakatlarini qoralagan norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi", deyiladi maqolada.
Gazetaga ko‘ra, namoyishchilar KXDR rasmiylarining "butun mamlakat qahr-g‘azab bilan yonmoqda", deya Janubiy Koreya bilan barcha aloqalarni uzish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni KXDR rasmiylari Shimoliy Koreyaga targ‘ibot varaqalarini yuborganiga javoban Janubiy Koreya bilan barcha aloqa vositalarini to‘xtatgan edi.
Undan avval, Shimoliy Koreya mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Ye Chjon varaqalar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi tanglikni yumshatish bo‘yicha Janubiy Koreya bilan ilgari imzolangan kelishuvni bekor qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
LiveBarchasi