Shimoliy Koreyada amaldorlar ommaviy qatl etildi
Olam
−
04 Sentabr
28520Shimoliy Koreya hukumati avgust oyi oxirida 20-30 nafar amaldorni suv toshqinidan himoya qila olmagani uchun qatl qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Chosun” telekanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Shimoliy Koreya avgust oyida suv toshqini bo‘lgan hududda ishlagan kamida 20 nafar davlat xizmatchisini qatl etgan. Ta’kidlanishicha, ofat yetkazgan zararni amaldorlar o‘z jonlari bilan to‘lagan. Qatl etilganlar orasida viloyat gubernatori darajasidagi amaldorlar ham bo‘lgan..
Ma’lumot uchun, joriy yilning 31 iyul kuni Shimoliy Koreya suv toshqini tufayli favqulodda holat e’lon qildi. Kuchli yomg‘ir oqibatida mamlakatda 4 mingdan ortiq uy suv ostida qolib ketgan. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarga tashrif buyurgan.
KXDR rahbari gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarga minnatdorlik bildirgan va ularni qabul qilmagan. U mamlakat hukumat boshqaruvning barcha sohalarida o‘z kuchiga tayanishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqini yetkazgan zararni bartaraf etishda Shimoliy Koreya hukumati mamlakat aholisiga tayanmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Milliy mudofaa akademiyasi dron instituti mamlakat yetakchisi Kim Chen In kuzatuvi ostida kamikadze dronlarini sinovdan o‘tkazgandi. Ular orasida suv osti dronlari, hujumchi dronlar va razvedkachi uchuvchisiz uchish qurilmalari ham bo‘lgan.
LiveBarchasi