Shimoliy Koreya Yaponiyaga birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi bilan raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Yaponiyaning Okinava oroli tomon birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi bilan raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa allaqachon qulaganini aniqlagan.

Yaponiyaning Okinava orolida ilgari e’lon qilingan evakuatsiya bekor qilingan, chunki raketaning traektoriyasi va taxminiy zarba zonasi Yaponiyadan tashqarida joylashgan.

KXDR ma’muriyatiga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshni uchirish vaqtida avariya yuz bergan. Bunga sabab raketa dvigatellari ishidagi muammolar va yoqilg‘ining beqarorligi bo‘lgan.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida raketa uchirilishidan zarar ko‘rilgani haqida xabarlar yo‘qligini aytgan. Shuningdek, u hukumat raketa uchirilishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishda davom etayotganini ta’kidlagan.

Shu bilan birga Kisida raketa uchirilishidan so‘ng ma’lumot to‘plash va uni aholiga yetkazish, samolyotlar va kemalar xavfsizligini ta’minlash hamda kutilmagan holatlarga tayyor bo‘lishni buyurgan.

Bu ko‘rsatma Shimoliy Koreya raketalarini uchirishga standart javob bo‘lib, bunday ko‘rsatmalar KXDR har safar raketa uchirganda beriladi. Ushbu raketa uchirilishi 2023 yilda allaqachon o‘n uchinchisi bo‘ldi.

Seul aholisi ham Shimoliy Koreya raketa uchirgani haqidagi xabarlar fonida evakuatsiyaga tayyorlanish bo‘yicha ogohlantirilgani haqida xabar tarqalgandi. Keyinchalik shahar rasmiylari xabarlar xatolik bilan yuborilganini ma’lum qilgan.

29 may kuni Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Shimoliy Koreya 31 maydan 11 iyungacha bo‘lgan davrda mamlakatning birinchi razvedka yo‘ldoshini uchirish niyatida ekanini aniqlagandi.

Vashington ma’muriyatining fikricha, Shimoliy Koreyaning raketa tashuvchi uchirilishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va undan tashqarida vaziyatni beqarorlashtirish xavfini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya Yaponiya sun'iy yo'ldoshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing