Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Bugun, 2 aprel kuni Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Harbiylar Shimoliy Koreya raketasining parvoz masofasi va imkoniyatlarini tahlil qilmoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida, Yapon dengiziga qulagani taxmin qilinmoqda. Yaponiya Mudofaa vazirligi esa bu bo‘yicha aniq ma’lumot bermagan, biroq raketa u yerga qulagan bo‘lishi mumkinligini tan olgan.

“Kyodo” agentligining Yaponiya hukumatidagi manbasiga ko‘ra, KXDR harakatlari tufayli samolyot va kemalarga zarar yetgani haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya shimoliy koreyalik mutaxassislarni Rossiya Federatsiyasiga ishlashga jalb qilish orqali “KXDRning yadroviy va raketa dasturlarini moliyalashtirishga” hissa qo‘shgan rossiyalik ikki nafar jismoniy va ikki yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya ballistik raketa Yapon dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing