Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi
Olam
−
31 Oktabr
2004Bugun, 31 oktyabr kuni Janubiy Koreya va AQSH Mudofaa boshliqlari Shimoliy Koreyaning Rossiyaga qo‘shin kiritganini birgalikda qoralaganidan bir necha soat o‘tgach, KXDR Yapon dengiz tomon qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uchirish mahalliy vaqt bilan soat 07:10 da Pxenyan hududidan amalga oshirilgan.
Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raketani aniqlagan, Yapon dengiziga tushishdan oldin taxminan 1000 kilometr masofani bosib o‘tgan. Vaziyat hozirda chuqur tahlil qilinmoqda,
Yaponiya harbiylari parvoz 85 daqiqadan ko‘proq davom etgani, balandligi rekord darajadagi 7 ming km bo‘lganini ma’lum qilgan. Raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida, Okusiri orolidan (Xokkaydo janubi-g‘arbiy sohilidan 20 km uzoqlikda) taxminan 300 km uzoqlikda dengizga qulagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tashqi kuchlarning tahdidi mavjudligini bahona qilib, Shimoliy Koreyaning yadroviy salohiyatini yana kengaytirish zarurligini e’lon qilgan va “ultra-katta kallaklar” va modifikatsiyalangan qanotli raketalarga ega yangi taktik ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgandi. Qurollarni sinovdan o‘tkazishni Kim Chen Inning shaxsan o‘zi boshqargan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sinovlarda og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan Xwasongpo ballistik raketasi ishtirok etgandi.
LiveBarchasi