Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi
Olam
−
12 iyul 2023
3462Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uzoq masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya va Koreya harbiylari xabar berdi.
“Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi mahalliy vaqt bilan soat 10:00da uchirishni qayd etdi”, deyiladi “Yonhap” agentligi xabarida.
Janubiy Koreya harbiylari Qo‘shma Shtatlar bilan yaqin hamkorlikda to‘liq shay holatda ekanini ma’lum qilgan.
Yaponiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, raketa 1 soat uchib, suvga qulagan.
“Avvalroq harbiylar snaryadni mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga, 550 km uzoqlikda tushishini bashorat qilgandi”, deyiladi NHK xabarida.
Shuningdek, baliq ovlovchi qayiqlarga halokatni ko‘rganlarida yaqinlashmaslik tavsiya qilingan.
Mudofaa vazirligi qit’alararo ballistik raketa tik trayektoriya bo‘ylab uchirilganini istisno qilmagan.
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokadzu Matsunoning aytishicha, Tokio Pxenyanga keskin norozilik bildirgan.
Umuman olganda, Pxenyan 2023 yil boshidan beri 12 ta ballistik raketa uchirishni amalga oshirdi.
LiveBarchasi