Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uchta ballistik raketa uchirdi
Olam
−
18 mart
3245Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi va Yaponiya tomon uchta ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi Yaponiya Mudofaa vazirligi va qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar Yaponiyaning eksklyuziv zonasidan tashqariga tushgan.
Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Shimoliy Koreyaning raketa uchirilishini nomaqbul deb atadi.
Qayd etilishicha, raketalar taxminan 30 daqiqalik masofada uchirilgan. Ularning har birining parvozi taxminan yetti daqiqa davom etib, 50 m balandlikda 350 km masofani bosib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 4 martdan 15 martgacha Janubiy Koreyada Pxenyan tomonidan keskinlik kuchayishi fonida AQSH bilan yillik qo‘shma harbiy manyovrlar bo‘lib o‘tdi. “Ozodlik qalqoni” mashg‘ulotlarining asosiy elementi KXDR tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy tahdidga qarshi mashg‘ulotlardan iborat bo‘ldi.
Janubiy Koreya va Yaponiya Pxenyanning yadroviy va raketa dasturlarida o‘zlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid deb hisoblaydi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rejimi esa AQSHni dushman davlat deb hisoblaydi.
LiveBarchasi