Shimoliy Koreya yangi turdagi raketa uchirdi
Olam
−
02 iyul 2024 5556 1 daqiqa
KXDRda kecha, 1 iyul kuni yangi “Xvasongpo-11da-4.5” taktik ballistik raketasi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
“Ushbu turdagi raketa og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan o‘ta yirik kallakka mo‘ljallangan”, deya ta’kidlaydi agentlik.
Qayd etilishicha, raketa parvoz barqarorligi va zarbalar aniqligini tekshirish uchun minimal (90 km) va maksimal (500 km) masofada uchirilgan.
1 iyulga o‘tar kechasi Janubiy Koreya harbiy qo‘mondonligi Shimoliy Koreyadan sharqiy yo‘nalishda noma’lum ballistik raketa uchirilganini qayd etganini ma’lum qildi. Keyinroq qo‘mondonlik yana bir raketaning uchirilishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni ertalab Pxenyan Yapon dengizi tomon raketa uchirgandi. Shimoliy Koreya yechib olinadigan kallaklarga ega raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini da’vo qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025