Shimoliy Koreya o‘zining “haqiqiy dushmani”ni e’lon qildi
Olam
−
31 may 2021
39384Shimoliy Koreyaning “haqiqiy dushmani” AQSH hisoblanadi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA)ga tayanib, “Lenta” xabar bermoqda.
“Janubiy Koreyadan foydalangan holda, gegemonlik maqsadini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Qo‘shma Shtatlarning hisob-kitobi — bu faqat ko‘zlarini barmoqlari bilan chiqarib tashlaydigan ahmoqona xatti-harakatlar”, deb yozadi maqola muallifi, KMTA sharhlovchisi Kim Men Chxol.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya rasmiylari o‘zlarining tajovuzkor ambitsiyalarini aniq ochib bergan.
AQSH Davlat departamenti vakili Jalina Porter Amerika hukumatining Shimoliy Koreya bilan aloqa o‘rnatishga qaratilgan bir nechta muvaffaqiyatsiz urinishlari haqida gapirdi. Porterning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar KXDR bilan bir necha kanallar orqali, shu jumladan, BMTning bosh qarorgohida Shimoliy Koreyaning doimiy vakolatxonasi joylashgan Nyu-York orqali bog‘lanishga harakat qilgan. Biroq, Amerika ma’muriyati Shimoliy Koreya tomonidan javob olmagan.
LiveBarchasi