Shimoliy Koreya o‘z maqsadlariga erishish uchun yadro qurolidan foydalanishdan ham tap tortmaydi – Yun Sok Yol

Olam

image

Shimoliy Koreya o‘z maqsadlariga erishish uchun yadro qurolidan foydalanishga ham borishi mumkin. Bunday fikrni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida bildirdi.

“O‘ylaymanki, Shimoliy Koreya o‘z harbiy maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi va yadroviy quroldan foydalanishdan bosh tortmaydi”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Yaponiyaning “Kyodo” agentligi.

Janubiy Koreya Prezidenti KXDR tomonidan tahdid kuchayishi fonida Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik mustahkamlanishini urg‘ulagan.

Yun Sok Yol AQSHga safarini yakunladi va u yerda AQSH Prezidenti Jo Bayden va Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Shuningdek, Vashingtonda AQSH va Yaponiya rahbarlari bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 avgust kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Vashington yaqinidagi Kemp Deviddagi qarorgohda sammit o‘tkazgandi. Unda asosiy masala Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaga qarshi kurash bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya yadro quroli Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing