Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan axlat sharlari Seulga yetib bordi
Olam
−
25 iyun
9879Shimoliy Koreya ketma-ket ikkinchi kun axlat bilan to‘ldirilgan sharlarni Janubiy Koreya tomon uchirdi. Bu haqda Seul meriyasi xabar berdi.
“Shimoliy Koreya chiqindi sharlari Seul havo hududiga kirgani tasdiqlandi”, deyiladi poytaxt meriyasining ogohlantirishida.
Bungacha Kxyongi provinsiyasi shimolida KXDR tomonidan uchirilgan havo sharlari topilgani haqida xabar kelgan.
Janubiy Koreya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan tunda 350 ga yaqin havo sharini uchirgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan chegarada o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali targ‘ibotni qaytadan yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qilgandi. Seul rasmiylari bu qarorni Shimoliy Koreyaning davom etayotgan “axlat hujumlari”ga javob deb atadi.
LiveBarchasi