Shimoliy Koreya suvosti yadro qurolini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
19 yanvar
7050Shimoliy Koreya suvosti yadroviy qurol tizimini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi KXDR Mudofaa vazirligiga tayanib, xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR Milliy mudofaa akademiyasi qoshidagi Suvosti qurol tizimlari instituti ishlab chiqilayotgan “Heil-5-23” suvosti yadro quroli tizimini Yaponiya dengizida sinovdan o‘tkazgan.
"Armiyamizning dengizosti yadroviy tayyorgarligi yaxshilanadi va tabiiyki, turli xil dengiz javoblari AQSH harbiy-dengiz kuchlari va ittifoqchilarining dushmanona harbiy harakatlariga to‘sqinlik qiladi", deya qo‘shimcha qilgan KXDR Mudofaa vazirligi.
Joriy yilning 14-17 yanvar kunlari Yaponiya, AQSH va Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari Koreya yarimoroli janubidagi Sharqiy Xitoy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Manyovrlarda sakkizta harbiy kema ishtirok etgan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreya Qo‘shma Shtatlarning “misli ko‘rilmagan” qarama-qarshilik qadamlariga qarshi turish uchun 2024 yilda urushga tayyorgarlikni tezlashtirishi kerakligini aytgan.
U Janubiy Koreyani eng dushman davlat deb atadi va bu ta’rifni respublika konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yish, shuningdek, Janubiy Koreya bilan tinch yo‘l bilan birlashish haqidagi har qanday eslatmani olib tashlashga chaqirgan.
LiveBarchasi