Shimoliy Koreya kutilmaganda rejalarini o‘zgartirdi
Olam
−
24 iyun 2020
16200KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In Koreya Respublikasiga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazish rejasini amalga oshirishni keyinga qoldirdi. U tegishli qarorni Koreya Mehnat partiyasining (KMP) 7-chaqirig‘ida qabul qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bermoqda.
"Mehnat partiyasining dastlabki yig‘ilishida yaqinda yuzaga kelgan vaziyat haqida so‘z bordi. Unda janubga qarshi harbiy harakatlar rejasi keyinga qoldirildi”, deyiladi agentlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida harbiy siyosatning asosiy loyihalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu yig‘ilishda taqdim etiladigan hisobot va qarorlar, shuningdek, mamlakatning harbiy bazasini yanada kuchaytirish bo‘yicha hukumat chora-tadbirlarini aks ettiruvchi turli hujjatlar ko‘rib chiqilgan.
22 iyun kuni Pxenyan nashriyotlari va bosmaxonalari Janubiy Koreyaga tarqatish uchun 12 million tashviqot varaqasini chop etdi. "Dushmanlarga qarshi varaqalar matbuotda chop etilmoqda. Janubiy Koreya hukumati ikki yil davomida o‘zlarining ayyor hiyla-nayranglari bilan Shimoliy Koreya xalqlarining barcha umidlarini koreyslararo kelishuvlar orqali masxaralashmoqda", degan bayonot bilan chiqqan edi KXDR rasmiylari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turli institutlarning yosh talabalari varaqalarni tarqatish uchun keng ko‘lamli kampaniyani boshlashgan.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya baland ovozli tashviqot karnaylarini chegardan olib ketishga ham qaror qilgan. Avvalroq, KXDR Koreya Respublikasi bilan chegarada baland ovozli karnaylarni o‘rnatishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi