Shimoliy Koreya “qasos akti” haqida gapirdi
Olam
−
16 iyun 2020 10965 1 daqiqa
Janubiy Koreya va AQSH harbiylari KXDRdagi xavfsizlik holatini diqqat bilan kuzatib, o‘zaro harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirmoqda. Bu haqda Seulda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida Janubiy Koreya Milliy Mudofaa vazirligining rasmiy vakili ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondonligi "vaziyatga jiddiy munosabatda" bo‘lmoqda. "Harbiy sohadagi koreyslararo bitimlar bajarilishi kerak. Shimol va janub Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirishlari zarur", dedi Mudofaa vazirligi vakili.
Avvalroq, KXDR Bosh shtabi o‘z harbiy bo‘linmalarini ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq qo‘shinlar olib chiqilgan hududlarga qaytarish niyatini bildirgan edi. Hisobotda qayd etilishicha, Shimoliy Koreya Janub bilan munosabatlari yomonlashishi fonida "partiya va hukumatning har qanday tashqi siyosiy qarorlarini harbiy vositalar bilan ta’minlashga to‘liq tayyor"ligini bildirgan.
Kecha, 15 iyun kuni KXDR rasmiylari Janubiy Koreyani tashviqot varaqalari tarqatayotgani uchun "qasos akti" tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025