Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Polkovnik Ulug‘bek Begmatovich Dusmatov Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda harbiy okrug Matbuot xizmati xabar berdi.

Ulug‘bek Dusmatov 2017 yilning oktyabr oyidan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi.

Polkovnik Ulug‘bek Dusmatov Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti hamda Qurolli Kuchlari akademiyasida tahsil olgan. Ofitserlik lavozimlarida xizmat faoliyatini Nukus garnizonidan boshlagan. Vazirlik qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organining turli lavozimlaridan o‘tgan. Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Shimoli-g'arbiy harbiy okrug

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing