Shifokorlar dardini Bosh vazir o‘rinbosariga aytishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

Shifokorlar Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida aytib o‘tildi.

Shifokorlar koronavirusga qarshi qurashish bo‘yicha to‘lov masalasida yoki faoliyatlariga doir duch keladigan qandaydir muammolar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayevga murojaat qilishiga sharoit yaratish taklif qilindi.

Behzod Musayev mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlab, tez orada alohida telefon liniyasi ochilishi va yangi raqam barchaga e’lon qilinishini ma’lum qildi.

"Bugun alohida telefon linyasini ochamiz. Unga tibbiyot xodimlari maosh va shunga o‘xshash muammolari bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi", dedi Musayev.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlar va’da qilingan qo‘shimcha to‘lovlarni ololmayotgani va sharoitlar yomonligi haqida ko‘plab xabarlar, videolar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Behzod Musaev Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing