Shifokorlar Belgiya Bosh vaziri kelishiga “sharmandalik yo‘lagi“ tashkil qildi

Olam

image

Bryusselda shifokorlar Belgiya Bosh vaziri Sofi Vilmesni shifoxonaga tashrifi chog‘ida “sharmandalik yo‘lagi“ tashkil qilishdi. Tegishli video YouTube tarmog‘iga joylashtirilgan.

Joriy yilning 16 may kuni Bosh vazir Belgiya poytaxtidagi ikkita shifoxonaga tashrif buyurdi. Sankt-Piyer shahridagi shifoxonaga kelayotgan hukumat rahbarini shifokor va hamshiralar yo‘l bo‘ylab tizilgan holda orqa o‘girib kutib olishdi. O‘ziga xos voqeada 120 ga yaqin tibbiyot xodimi ishtirok etdi.

Belgiya ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, shifoxonalarda shifokorlarga tibbiy himoya vositalari yetarli emas. Shuningdek, ular hukumatning koronavirus fonida olib borayotgan ichki siyosatidan norozi.

Shu bilan birga, shifokorlar qo‘shimcha ish vaqtlaridan norozilar. Ular o‘z ish vaqtlaridan tashqari ham ishlashga majbur bo‘lishmoqda, Lekin, hukumat bu borada na oylik oshirilishi na biron imtiyoz berilishi haqida qaror qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bel'giya Shifokorlar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing