Shifokorlar 18 yoshli qizning oshqozonidan 4 kg soch o‘ramini chiqarib oldi

Salomatlik

image

Qirg‘iziston Milliy gospitalida jarrohlar kam uchraydigan patologiya bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Ular 18 yoshli qizning oshqozonidan 4 kg soch o‘ramini chiqarib oldi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli qiz ko‘ngil aynishi, ovqatdan keyin qusish, hazm qilishdagi muammolar, vazn yo‘qotish va og‘ir umumiy zaiflik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar qizda umumiy tekshiruv o‘tkazgan va uning butun oshqozon bo‘shlig‘ini 35 sm o‘lchamdagi va taxminan 4 kg og‘irlikdagi katta soch o‘rami egallab olganini aniqlagan. 

Ularning bildirishicha, yutilgan moddalar, nooziq-ovqat zarralari va shilimshiqlar soch tolalari bilan birikib, bezoar (oshqozon, ichak traktida hosil bo‘lgan begona to‘qimalar) to‘qimalarni hosil qilgan. Keyinchalik u o‘simtaga o‘xshash hajmli shakllanishga aylanib, trixobezoarni keltirib chiqargan. 

Jarrohlar Abdulla Matmuratov va Tamerlan Jumabekov operatsiya o‘tkazib, oshqozondagi katta o‘ramni  olib tashlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston oshqozon Milliy gospital bezoar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing