Shifokorga stul otgan “vallomat” kim bo‘ldi? (video) 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning shifokor ayolga hujum qilib, stul otgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hattoki shifokorga nisbatan bunday xatti-harakatni sodir etgan shaxsning tuman prokuroriga yordamchi ekani haqidagi xabarlar ham tarqaldi.

Bosh prokuratura mazkur videoxabarda ko‘rsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligini ma’lum qildi.

"O‘rganishda, videoxabarda qayd qilingan shaxs oliy ta’lim muassasasi talabasi ekanligi aniqlandi. Oliy ta’lim muassasasi manfaatlariga zarar yetkazmaslik maqsadida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi", deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati Asaka tumanida shifokor bemorning eri va 3 ta sheriklari tomonidan kaltaklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

shifokor Prokuratura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing