Shifokorda koronavirus aniqlangani sabab butun boshli klinika yopildi
Olam
−
07 mart 2020
15888Avstraliya shifoxonalaridan biri yopildi. Bunga u yerda ishlaydigan shifokorda koronavirus aniqlangani sabab qilib ko‘rsatildi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar qilmoqda.
"Shifokor joriy yilning 29 fevral kuni Avstraliyaga AQSHdan uchib kelgan. Unda tumov alomatlari Denverdan San-Fransiskoga uchgan ichki reysda aniqlandi, keyin u United Airlines 0060 reysi bilan Melburnga uchib keldi. Bir necha kun o‘tib, undagi tumov koronavirus bilan bog‘liqligi aniqlandi. U 2 martdan 6 mart sanasigacha 70 ga yaqin bemorni tekshiruvdan o‘tkazgan. Hozir ushbu 70 kishi nazoratga olindi", dedi Viktoriya shtati sog‘liqni saqlash vaziri Jenni Mikakos matbuot anjumanida.
Yangi Janubiy Uels shtatida bir kechada oltita yangi koronavirus holati qayd etildi. Shu bilan Avstraliyada jami kasallanganlar soni 60 taga yetdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar 102 581 nafarni tashkil qilmoqda. Ushbu kasallikdan 3501 kishi vafot etdi. 57 700 bemor esa shifo topgan. Bemorlarning 6 137 nafari yoki 15 foizi og‘ir ahvolda deb baholanmoqda.
LiveBarchasi