Shifokor sog‘lom uyquning oson usulini ma’lum qildi
Salomatlik
−
06 avgust 2021
16021Britaniyalik shifokor Karan Raj uyqu bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beradigan “10-3-2-1” usuli haqida gapirdi.
Birinchidan, shifokor yotishdan o‘n soat oldin tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklarni ichmaslikni maslahat bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu moddani organizmdan olib tashlash va uning ogohlantiruvchi ta’sirini yo‘q qilish uchun vaqt kerak bo‘ladi.
“Yotishdan uch soat oldin katta miqdordagi ovqatdan saqlaning. Bu jig‘ildon qaynashining oldini oladi”, deb tushuntirgan Raj.
Shuningdek, mutaxassis yotishdan bir necha soat oldin spirtli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qilgan.
“Uyquga yotishdan ikki soat oldin ishlashni to‘xtating. Bu sizga dam olishga imkon beradi”, degan shifokor.
Raj odamlarni uxlashdan bir soat oldin gadjetlardan foydalanishni to‘xtatishga chaqirgan, chunki displeylarning ko‘k chirog‘i uyqu sikli va bedorlikni boshqaruvchi melatonin ishlab chiqarishga xalaqit berishi ta’kidlangan.
LiveBarchasi