Shifoxonalarda koronavirusdan davolanayotganlar yana 3 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 216 nafarga ko‘payib, 47 836 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 

•    192 nafari Toshkent shahrida, 
•    17 nafari Andijon viloyatida, 
•    7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yakkasaroy tumanida yashagan 70 yoshli R.G. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 56 yoshli M.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 171 nafar, Toshkent viloyatida 104 nafar, Samarqand viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 8 nafar, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatilarida 6 nafardan, Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 44 375 (+373) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 065 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing