Shifoxonalar bemorlarni koronavirus testisiz qabul qiladi – Feruza Hamroboyeva
Jamiyat
−
18 iyul 2020
12723Bugun, 18 iyuldan O‘zbekistonda tibbiyot muassasalari bemorlarni COVID-19 ga tekshirmasdan qabul qila boshlaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Feruza Hamroboyeva ma’lum qildi.
So‘nggi vaqtlarda tibbiyot muassasalari koronavirus alomatlari bo‘lsa ham bemorni test natijasisiz qabul qilmayotgani haqida ko‘plab xabarlar tarqalgandi.
“Bu masala bugungi Hukumat yig‘ilish shtabida ko‘rib chiqildi. Bugundan boshlab klinikalarga bemorlarni qabul qilish, test sinovlarisiz o‘tkazishiga qaror qilindi”, dedi Hamroboyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tez tibbiy yordamga bemor murojaat qilganda test javobini kutmasdan yordam ko‘rsatish vakolati ham yuklatildi.
Ma’lumot uchun, 18 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15896 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 9003 nafari sog‘aygan va 80 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi