Sherzod Shermatov Farhod Ermanovni ko‘krak nishoni bilan taqdirladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovni ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirgan ishlari uchun “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Xorazm viloyati hokimini taqdirlash uchun o‘tkazilgan marosimda vazir Shermatov so‘zga chiqib, mahalliy hokimlik mablag‘lari hisobidan umumta’lim maktablarida amalga oshirilgan ishlar, maktablarga ichimlik suvini tozalab beruvchi qurilmaning o‘rnatilishi, maktab hojatxonasi ta’miri, sun’iy qoplamali sport maydonchalarining qurilishidagi tashabbusi, shuningdek, umumta’lim maktablariga SATT platformasining o‘rnatilishi va bu orqali maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishdagi xizmatlarini e’tirof etgan.

Qayd etilishicha, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 543 ta maktab hojatxonalari ta’mirlanib, shundan 86 tasi yangidan qurilgan. Ta’lim muassasalari toza ichimlik suv bilan ta’minlangan, 68 ta maktabda isitish tizimini yangilangan. Shuningdek, maktablarning uzluksiz internet tezligini oshirish uchun optik tolali tarmoq bilan ta’minlangan

Maktablarda tadbirkorlar jalb qilinib, sun’iy qoplamali sport maydonchalarining qurilgan, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarliklarini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan SATT (samarali avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi) platformasini viloyatdagi barcha maktablarga o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Shermatov Farhod Ermanov

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing