Sherzod Shermatov: “25 yil paxta tergan o‘qituvchilar ham darslarni kimdandir o‘rganishi kerak-ku”
Intervyu
−
26 avgust 2020
12121Televizor orqali efirga berilayotgan onlayn darslar o‘quvchilardan tashqari, 25 yil paxta terib, maktabga qaytgan o‘qituvchilarga ham qo‘shimcha dars bo‘lmoqda. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov QALAMPIR.UZ muxbiri bilan suhbatda shunday fikr bildirdi.
“Efirga berilayotgan onlayn darslar o‘quvchilardan tashqari, barcha o‘qituvchilar uchun ham master-klass bo‘lmoqda. Maktabda o‘tirgan o‘qituvchilarni dars berish jarayoni bilan onlaynda dars beradigan o‘qituvchining ancha farqi bor. Uni tan olishimiz ham kerak. 25 yil paxta tergan, ko‘cha supurgan o‘qituvchilar hammasidan ozod etildi. Endilikda ular ham kasbiga qaytmoqda. Ular ham kimdandir o‘rganishi kerak-ku. Bolalar ham qaysidur darslarni maktabda tushunmasa, uyda qaytadan onlayn darslarda ko‘rishi mumkin. Barcha rivojlangan davlatlarda ham onlayn ta’lim telekanallari bor”, dedi Sherzod Shermatov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 70 foizdan ko‘proq odamlar onlayn darslarni foyda berganini aytishgan. Til o‘rgatish uchun mazkur onlayn darslar katta samara bergan.
Avvalroq, mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari joriy yilning 14 sentyabridan ochilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. Maktablarda dars soatlari ham qisqatirilishi taklif qilingan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi