Sherzod Shermatov ham Prezident topshirig‘ini bajardi

Jamiyat

image

Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov 25 mart kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Vazir o‘zi tahsil olgan o‘quv muassasasiga sovg‘a qilgan kitoblar asosan, o‘g‘il-qizlar ma’naviyatini yuksaltiruvchi adabiyotlardan, ya’ni qiziqarli ertak, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat.

19 mart kuni Prezident rahbarligida  o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilingan edi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasida “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deya ta’kidlagan edi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onidagi 5-maktab kutubxonasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kolleji kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Shermatov kutubxona kitob

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing