Sherzod Qudbiyevga maxsus unvon berildi
Jamiyat
−
14 may 2020
12916O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Sherzod Davlatovich Qudbiyevga “Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi” maxsus unvoni berildi.
Eslatib o‘tamiz, Sherzod Qudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Sherzod Qudbiyev 2019 yil avgust oyi oxirida Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi.
Qudbiyev 2007−2010-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (vazirlikning avvalgi nomlanishi)da turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, 2012−2015-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori bo‘lgan.
2015 yildan 2018 yilning aprel oyigacha, ya’ni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lguniga qadar Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan. 2019 yil avgustigacha esa Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lgan.
LiveBarchasi