Shermatov Qashqadaryoda birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan 20 ta maktab direktorini ishdan oldi

Jamiyat

image
XTV: “Maktab bitiruvchilari davlat granti uchun ajratilgan kvotaning 50 foizini egalladi” north_east

XTV: “Maktab bitiruvchilari davlat granti uchun ajratilgan kvotaning 50 foizini egalladi”

Joriy yilning 14 noyabr kuni Qarshi shahrida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va unda 20 nafar maktab direktori birorta bitiruvchisining OTMga kirmagani sababli o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu xaqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Yig‘ilishda bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish bo‘yicha eng yuqori va eng past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan umumta’lim maktablari qiyosiy tahlil qilinganligi ma’lum qilindi.

“Viloyat respublikada oliy ta’lim muassasalariga birorta ham bitiruvchisi kirmagan 191 ta maktab direktorlari faoliyatiga baho berilib, majlisda qatnashgan, uzoq yil faoliyat ko‘rsatib, natijaga erishmagan 20 nafar maktab direktori lavozimidan ozod etildi, qolganlarini ham ozod etish bo‘yicha topshiriq berildi”, deb aniqlik kiritgan XTV matbuot xizmati.

Vazirlik xabariga ko‘ra, bitiruvchisi oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalardan birini qo‘lga kiritgan Koson tumanidagi 88-sonli maktab jamoasiga kompyuter sinfi sovg‘a qilindi. G‘uzor tumanidagi 68-sonli ixtisoslashtirilgan maktab va Shahrisabz tumanidagi 7-sonli maktab-internati direktorlari va to‘rt nafar fan o‘qituvchilari "Xalq ta’limi fidoiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM maktab

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing