XTV: “Maktab bitiruvchilari davlat granti uchun ajratilgan kvotaning 50 foizini egalladi”

Jamiyat

image

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlarda maktab bitiruvchilari davlat granti asosida o‘qishga ajratilgan kvotaning yarmini egalladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalariga qariyb 1,5 mln abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, shundan 23 foizini (347 ming nafar) maktab bitiruvchilari tashkil qilgan. 

Qolganlari akademik litsey va kollej bitiruvchilari hamda eng katta qismi avvalgi yillarning bitiruvchilari bo‘lgan. Ularning ham ko‘pchiligi bir yil davomida repetitorlarga va tayyorlov kurslariga borishgan bo‘lsa-da, maktabning bu yilgi bitiruvchilari natijasi yuqoriroq bo‘lgan.

otmga-kiris-2-variant.jpg

“11-sinf bitiruvchilarining 77 foizi talaba bo‘lish istagini bildirgani ularning o‘tgan yilga nisbatan o‘qishga kirish ishtiyoqi ikki baravarga oshganini ko‘rsatmoqda, bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 174 ming nafarga yoki 16 foizga ko‘p”, deyiladi xabarda.

Maktab bitiruvchilari abituriyentlarning atigi 23 foizini tashkil qilgan bo‘lsa-da, oliy ta’lim muassasalari uchun ajratilgan jami kvotaning 34 foizini (47,9 ming), davlat granti uchun ajratilgan kvotaning 50 foizini (11,8 ming), to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan kvotaning 31 foizni (36,1 ming) egallagan. 

“Bu esa maktablarda ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish ishlarining samarasiga yaqqol misoldir. Variativ o‘quv rejalarini joriy etilgan sinflarda an’anaviy o‘quv rejada o‘qiydiganlarga qaraganda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqoriroq bo‘lgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, hududlar kesimida bitiruvchilarning OTMga kirishi bo‘yicha Xorazm va Namangan viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bitiruvchi

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing