“Sheremetevo”dagi samolyot halokati bo‘yicha aniq ma’lumot e’lon qilindi
Olam
−
06 may 2019
15514Xabaringiz bor biroz avval Moskva shahridagi “Sheremetevo” aeroportidan Murmanskka parvoz qilgan SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti havoda yona boshlagani va mazkur aeroportga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar bergan edik.
Olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu laynerda parvoz qilayotgan yo‘lovchilardan jami 37 kishi omon qolgan. Lenta nashri xabarida 41 kishi yong‘in ichida qolib vafot etgani aytilmoqda.
Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko OAVga shuni ma’lum qilib, “Moskva-Murmansk” yo‘nalishida parvoz qilgan bu samolyot ichida ekipaj bilan birga 78 kishi bo‘lganini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya nashrlari oldinroq, 13 kishining halok bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
LiveBarchasi