O‘zbekistonga xorijdan valyuta kirishi 217 mln dollarga kamaydi
Jamiyat
−
18 avgust 2020
7365Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Transchegaraviy pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln dollarga yoki 7 foizga kamaygan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln dollar yoki 8 foizga kamaydi.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2,5 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.
Ta’kidlash kerakki, xorijdan valyuta kelishining kamayishi dunyoda avj olgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq. Pandemiya sabab xorijdan pul jo‘natuvchi o‘zbekistonliklar ishsiz qoldi. Bu esa ularning daromadi va pul oqimiga ta’sir ko‘rsatdi.
LiveBarchasi