Shayxontohurdagi ko‘prikni ta’mirlash ishlari yana uzaytirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy  va Labzak ko‘chasi kesishmasidagi ko‘prikda joriy ta’mirlash ishlarni tugatish sanasi uzaytirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’mirlash ishlari joriy yilning 22 iyuliga qadar davom etadi.

“Toshkentda asfaltlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hajmi ortganligi sababli ushbu hududdagi ishlar 22 iyulga qadar davom etadi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, ushbu yo‘llarda 28-29 iyun kunlari ta’mirlash ishlari olib borilishi haqida poytaxt hokimligi xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shayxontohur ko'prik

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing