Shayxontohur va Sergelida 800 ga yaqin bemor uchun statsionar hozirlanyapti
Jamiyat
−
25 iyul 2020
7709Toshkentning Shayxontohur va Sergeli tumanlarida COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Xususan, Shayxontohur tumanining “Yoshlik” sport majmuasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun maxsus statsionar tashkil qilinmoqda.
Hozirda majmuaning 3 ta zalini qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Bu maskan 520 nafar bemorlarning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlanadi. Buning uchun majmua IVL va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanmoqda.
Shuningdek, 150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun ham yotoqxona tayyorlanadi.
Shuningdek, Sergeli tumanining 2-bolalar va o‘smirlar sport majmuasida ham 250 o‘rinli davolash maskani tashkil etilmoqda.
Bu yerda tibbiyot xodimlari uchun binoning hovlisida maxsus palatkalar qurilmoqda.Ayni paytda maskanni eng zarur bo‘lgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari davom etmoqda.
Har ikki maskanda ham shifoxonalardek, sharoitni yaratmsh uchun mutaxassislar bilan hamkorlikda, ularning tavsiya va ko‘rsatmalari bilan ish olib borilmoqda. Ushbu yangi quvvatlar yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.
LiveBarchasi