Afg‘on-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari to‘plandi

Olam

image

Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi yaqinida “Tolibon” terroristik harakatining sakkiz mingga yaqin jangarilari ISHID tashkiloti a’zolari joylashgan. Bu haqda MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlar kengashi muvofiqlashtirish xizmati raisi Aleksand Manilov ma’lum qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

“Chegara idoralari rahbarlarining hisob-kitobiga ko‘ra, eng qiyin vaziyat hozir tojik-afg‘on chegarasida yuzaga kelgan. Yaqinda u yerga ko‘p sonli jangarilar – toliblar va ISHID a’zolari kelishdi. Bugungi kunda, bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, u yerda sakkiz mingga yaqin jangari to‘plangan,  ular harbiy amaliyotlar o‘tkaziladigan joylardan – Suriya, Iroq va boshqa mintaqalardan kelganlar”, deydi Manilov.

Ta’kidlanishicha, jangarilarning aksariyati “Kavkaz, afrika mintaqasi kelgan – turli millat vakillari”ni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qilingan. Xususan, Manilov ta’kidlashicha, chegara idoralariga chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur taqdim etilgan. Bundan tashqari, keyingi yilda yana bir navbatdan tashqari qo‘mondonlik mashqlari rejalashtirilgan. Mashqlar Rossiya hududida o‘tkaziladi.

Ilgariroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston shimoli zamonaviy tahdidlarga javob berishni izlashni qiyinlashtiradigan – “ba’zi davlatlar tomonidan qo‘llaniladigan ikki tomonlama standartlar” tufayli Afg‘oniston shimoli ISHID yetakchilari boshchiligida terrorchilar uchun tayanch nuqtasi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Tojikiston Qirg'iziston Tolibon

Baholaganlar

753

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing