Shavkat Umurzoqov o‘zi imzolagan qarorni bekor qildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi  vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov yangi Konstitutsiya loyihasi targ‘iboti uchun guruhlar tuzish haqida 27 mart kuni qaror imzolagandi. Hokim bugun, 31 mart kuni yana bir qarorni imzolab, o‘zi chiqargan avvalgi qarorni bekor qildi.

Dastlabki qarorga ko‘ra, targ‘ibot guruhi tarkibida 1000 dan ortiq kishi, jumladan, oqsoqollar, o‘qituvchi, shifokor, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va boshqalar bo‘lishi kerak edi. Ularga 11 mingdan ziyod mahalla faollari yordam berishi aytilgandi.

Shuningdek, hokim maslahatchisi Akmal Ro‘zitoyev, Toshkent shahri tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rohat Nabiyeva, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xotin-qizlar bilan ishlash va targ‘ibot guruhlarini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Omila Aripova, "Milliy tiklanish" partiyasi Toshkent shahri kengashi raisi Otabek Jiyanboyev, xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi deputati Toshpo‘lat Matiboyev, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminov va boshqalar ham kiritilgandi.

Hujjatning bekor qilinish sababi ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Shavkat Umurzoqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing